Toshkent shahrida kvartira narxlari 5−7 foizga oshgan

Toshkent shahrida kvartira narxlari 5−7 foizga oshgan

O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-centyabr oylarida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshdi.

Ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlarning umumiy sonining qariyb 40 foizi Toshkentga to‘g‘ri keladi.

COVID-19 pandemiyasidan so‘ng, hozirda ko‘chmas mulkni sotish sur’ati mo‘’tadil o‘sishni boshladi va joriy yilning avgust-sentyabr oylarida sotib olish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil epidemiologik vaziyatning bosqichma-bosqich yaxshilanishi va mavsumiy ta’tillarning tugashi bo‘ldi.

Toshkent shahrida tuzilgan bitimlar soni 2 foizga kamaydi. Shunga qaramasdan, 2021 yilning uchinchi choragining dastlabki natijalari shuni ko‘rsatdiki, Toshkentda narxlar o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5−7% ga oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!