Toshkent shahar IIBB mashhurlikka intilgan blogerlarni qo‘lga oldi (Video)

Toshkent shahar IIBB mashhurlikka intilgan blogerlarni qo‘lga oldi (Video)

Mashhur bo‘lishga intilgan blogerlarning noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga tayanib Uz24 xabar qildi.

Instagram ijtimoiy tarmog‘iga o‘zlarini blogerlar deb hisoblaydigan bir guruh yoshlar tomonidan tayyorlangan videolavhalar joylashtirilgan. Ushbu videoroliklarga aniqlik kiritish maqsadida, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tezkor-surishtiruv tadbirlari olib borildi.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, bolalar tomonidan tayyorlangan videolarning biri poytaxtimizda joylashgan supermarketda o‘zlarining tanishi yordamida olingan bo‘lib, unda sun’iy janjal uyushtirilib, jamoat joyida haqoratli so‘zlarni qo‘llagan.

Shuningdek, bu qahramonlarimiz Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan avtomashinani olib qochib, uning ortidan sheriklari boshqa avtoulov orqali quvib o‘tgan holda yo‘l xavfsizligi qoidalariga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshirgan.

Ushbu shaxslarga nisbatan ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirilib, eng kam oylik ish haqqining 3 baravarida jarima solindi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan ularning avtoulovlari vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yilib, haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga asosan bayyonnoma tuzilib, haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!