Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi

Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi

Bugun, 29 iyun kuni Toshkent shahri havosi ifloslanishi bo‘yicha xalqaro miqyosda 4-o‘ringa chiqdi. Havo tarkibidagi zaharli zarrachalar 160 mkg/m3’ni tashkil etgan. Zaharli zarrachalarning asosiy qismi PM2.5 – 68mkg/m3’ni ko‘rsatgan. Bu JSST belgilagan me’yordan qariyb 14 martaga ko‘p.

Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi

Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ifloslantiruvchi moddalar miqdori SanQvaN 0053-23 ruxsat etilgan me’yorlari bilan o‘lchanadi. Unga 2024 yil 27 mayda mayda dispersli zarrachalar PM 2,5 konsentrasiyasi bo‘yicha o‘zgartirish kiritilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida PM 2.5 zarrachalarining ruxsat etilgan me’yori 35 mkg/m3’ni tashkil etadi. Bunga qadar JSST tasdiqlagan me’yor (5 mkg/m3)ga ko‘ra ma’lumot berib kelinar edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!