Tong tabassumi!.. (17-qism)

Tong tabassumi!.. (17-qism)

Erkakdan so‘rashdi:

— Nega quyonni otib o‘ldirdingiz? Adashmasam, siz ovchilar uyushmasi a’zosi emasdingiz shekilli?

— Nega bu bebosh quyon mening tomorqamga kirib karam yeydi? Adashmasam, uyam mening oilam a’zosi emasdi shekilli?

 

* * *

 

Er-xotin mashinada mehmonga ketishayotgandi. Yarim yo‘lga yetganda, xotin xavotir aralash dedi:

— Dadasi, tez mashinani orqaga haydang!

— Nima bo‘ldi?

— Gazni o‘chirish esimdan chiqibdi. Uyimiz yonib ketadi-ya!

— Yonmaydi.

— Nimaga?

— Men vannaxonadagi kranni yopishni unutibman.

 

* * *

 

Vrach bemordan so‘radi:

— Har kuni necha soatdan uxlaysiz?

— Ikki-uch soatdan.

— Bu kam-ku!

— Hechqisi yo‘q. Men tunlari o‘n soatlab uxlayman.

 

* * *

 

Bojxona xodimi navbatdagi yo‘lovchining buyumlarini nazoratdan o‘tkazyapti.

— Xo‘-o‘sh, demak bu sumkada hech narsa yo‘q. Bunisi-chi? Bunisidayam taqiqlangan buyum yo‘q. Uchinchisi… Undayam yo‘q. Menga qarang, o‘rtoq fuqaro, sumkalaringizda taqiqlangan buyumlar topolmadik. Endi siz bojxonadagilarni behuda ovora qilganingiz uchun boj to‘laysiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!