"Tolibon" “ilmiy targ‘ibot”ga oid asarlarni turk va o‘zbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

 "Tolibon" “ilmiy targ‘ibot”ga oid asarlarni turk va o‘zbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

Amaj News nashriga taqdim etilgan hujjatga ko‘ra, "Tolibon" Oliy ta’lim vazirligi Juzjon universitetida “ilmiy targ‘ibot” maqsadidagi asarlarni turk va o‘zbek tillariga tarjima qilishni taqiqlagan.

Bungacha o‘zbek-turk tili va adabiyoti professor-o‘qituvchilari ilmiy targ‘ibot maqsadida xorijiy ilmiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilar edilar. Endi "toliblar" buni faqat pashtu va dariy tillariga tarjima qilishni talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!