Tolibon BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisining Afg‘onistonga kirishini taqiqladi

Tolibon BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisining Afg‘onistonga kirishini taqiqladi

Tolibon BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Richard Bennetning Afg‘onistonga kirishini taqiqladi.

Bu haqda Tolibon ma’muriyati vakili mahalliy Tolo telekanaliga ma’lum qildi. Rasmiyning aytishicha, Bennet Afg‘onistonga qarshi «dezinformasiya va tashviqot» tarqatmoqda va mamlakatda inson huquqlari buzilishi ko‘lamini bo‘rttirib ko‘rsatmoqda.

BMTga tayinlanganidan beri Bennet vaziyatni baholash uchun muntazam ravishda Afg‘onistonga safar qilib keladi. Joriy yilning yozida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi unga viza berishdan bosh tortdi va keyingi safarlarni taqiqlashini e’lon qildi.

Bennet Afg‘onistondagi inson huquqlari, xususan, ayollar huquqlari, siyosiy raqiblar va diniy ozchiliklarning ta’qib qilinishini keskin tanqid qiladi. Bennett mamlakatda ayollar huquqlarining buzilishini «gender aparteid» deb baholaydi va ularni insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida tasniflaydi.

Tolibon so‘zlovchisi Zabihulloh Mujohid o‘z baholarini «tashviqot» deb atadi. Mujohidning ta’kidlashicha, Tolibon «islom qonunlari va afg‘on an’analarida tushunilganidek» ayollar huquqlarini hurmat qiladi va himoya qiladi.

Tolibon 2021 yilda hokimiyatga kelgach, ayollar huquqlarini keskin chekladi. Ularga maktabning oltinchi sinfidan keyin ta’lim olishi, mahalliy va xalqaro nodavlat tashkilotlarda ishlashi, sport bilan shug‘ullanishi, bog‘lar va ko‘plab jamoat joylariga borishi taqiqlangan. Odatda ayollar ko‘chada erkaklar hamrohligisiz ko‘rinmaydi.
Tolibon Afg‘onistonda har qanday siyosiy partiyalar faoliyatini ham taqiqlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!