Toliblar xiyonat uchun ayollarni toshbo‘ron qilishni tiklayapti

Toliblar xiyonat uchun ayollarni toshbo‘ron qilishni tiklayapti

Haybatulloh Oxundzoda dam olish kunlari Afg‘oniston milliy televideniyesida chiqish qilib, G‘arb siyosatchilariga quyidagi so‘zlar bilan murojaat qildi:

“Ayollarni toshbo‘ron qilib o‘ldirganimizda, bu ularning huquqlarini poymol qilish, deysiz. Tez orada eriga xiyonat uchun jazoni joriy qilamiz. Biz ayollarni omma oldida savalaymiz. Biz ularni omma oldida toshbo‘ron qilib o‘ldiramiz. Bularning barchasi sizning demokratiyangizga zid, lekin biz buni qilishda davom ettiramiz. Shuningdek, biz inson huquqlarini himoya qilamiz, deyapmiz – biz buni Ollohning vakillari sifatida qilamiz, sizlar esa shayton vakillari sifatida qilasizlar”, – deydi toliblar yetakchisi va Afg‘oniston Islom Amirligi rahbari Haybatulloh Oxundzoda.

Afg‘on televideniyesi faqat Haybatullohning ovozli yozuvini e’lon qildi. U uzoq vaqtdan beri omma oldida ko‘rinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!