Tojikistonda shov-shuvli hibsga olishlar ro‘y berdi

Tojikistonda shov-shuvli hibsga olishlar ro‘y berdi

Tojikiston bosh prokurori Yusuf Rahmon respublikaning sobiq tashqi ishlar vaziri 75 yoshli Hamrohon Zarifi, shuningdek, 1991-1992 yillarda prezident vazifasini bajaruvchi lavozimda ishlagan, Oliy kengashning sobiq rahbari 73 yoshli Akbarsho Iskandarovga va boshqa siyosatchilarga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilganini tasdiqladi.

U boshqa tafsilotlarni keltirmadi, faqat «kim millatga, mamlakat prezidentiga xiyonat qilsa, qaysi lavozimda ishlagani yoki egallab turganidan qat’i nazar, qonun oldida javob berishiga» ishora qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!