Modining maslahatchisi Moskvaga keladi

Modining maslahatchisi Moskvaga keladi

India Today” telekanali Hindiston Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ajit Doval Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun yaqin kunlarda Rossiyaga kelishini ma’lum qildi.

“U Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatni muhokama qilish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi”, deyilgan axborotda.

Ta’kidlanishicha, Doval ushbu safari chog‘ida BRIKSga a’zo davlatlarning xavfsizlik masalalari uchun mas’ul vakillari uchrashuvida ishtirok etadi, Rossiya va Xitoy rasmiylari bilan muzokara o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!