Afg‘onistonning Britaniyadagi elchixonasi o‘z faoliyatini to‘xtatadi

Afg‘onistonning Britaniyadagi elchixonasi o‘z faoliyatini to‘xtatadi

Afg‘onistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi mahalliy hokimiyat talabiga binoan 27 sentyabr kuni o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda Afg‘oniston diplomatik missiyasi rahbari Zalmay Rasul ma’lum qildi.

“Afg‘oniston Islom Respublikasining Londondagi elchixonasi mezbon davlatning rasmiy so‘rovi asosida 2024 yil 27 sentyabrda rasman yopiladi va o‘z faoliyatini to‘xtatadi”, deb yozdi u X tarmog‘ida.

The Express Tribune nashriga ko‘ra, Britaniya rasmiylari Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan “Tolibon” harakatining Kobul bilan hamkorlik qilishni istamagan rahbarlari Afg‘oniston diplomatik missiyalari tomonidan chiqarilgan hujjatlarni tan olishdan bosh tortgani uchun ham shunday qarorga kelgan.

“Tolibon” tomonidan tuzilgan Tashqi ishlar vazirligi avval xabar qilganidek, bular qatoriga Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Gresiya, Italiya, Kanada, Norvegiya, Polsha, Fransiya, Shveysariya va Shvesiyadagi Afg‘oniston elchixonalari ham kiradi.

“Tolibon” harakati AQSh qo‘shinlarini olib chiqish niyatini e’lon qilganidan so‘ng Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operasiyani amalga oshirgan. 2021 yil 15 avgust kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani xorijga qochib ketgan hamda “Tolibon” jangsiz Kobulga kirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!