XXR noroziligiga qaramay, nemis kemalari Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tadi

XXR noroziligiga qaramay, nemis kemalari Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tadi

Germaniya harbiy kemalari sentyabr oyida Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. “Spiegel” nashri yozishicha, bu qaror Xitoy bilan “diplomatik kelishmovchilik” keltirib chiqarishi mumkin.

– Pekin ogohlantirganiga qaramay, “Baden-Vyurtemberg” fregati va “Frankfurt-Mayn” harbiy yordam kemasi sentyabr oyi o‘rtalarida Janubiy Koreyadan Jakartaga qarab Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tadi, – deyilgan xabarda. – Hukumat Xitoy bilan “diplomatik kelishmovchilik”ka tayyor, chunki kemalarni jo‘natish rejasini rasman e’lon qilmoqchi emas. Xalqaro huquq me’yoriga ko‘ra, bo‘g‘ozda kema qatnovi erkin amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!