Toshkentda uch farzandning onasi bo‘lgan ayol poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda uch farzandning onasi bo‘lgan ayol poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi

Toshkent shahrida uch farzandning onasi bo‘lgan ayol poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Millar”da xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, 23 avgust kuni soat 02:00 larda Salar—Nurhayot temiryo‘l bekatlari oralig‘ida poyezd urib ketgan holati aniqlangan. Voqea joyiga tez yordam va ichki ishlar xodimlari yetib kelgan, 1988 yilda tug‘ilgan ayol kishiga birinchi yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.

Ayol shifoxonada jarrohlik amaliyotiga olingan. U bir necha kun davomida davolanishiga qaramay vafot etgan. Uning uch nafar farzandi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!