Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlar e’lon qilindi

Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlar e’lon qilindi

Xitoy shu oyda Rossiya bilan «Shimol-2024» qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini e’lon qildi.

Xitoy Mudofaa vazirligi bayonotida ularning maqsadi ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi «strategik hamkorlikni chuqurlashtirish» va «xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish» qobiliyatini kuchaytirish bo‘lishini aytdi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki mamlakat harbiy-dengiz kuchlari va harbiy aviasiyasi Yapon dengizi va Oxotskdagi Rossiya qirg‘oqlari oldidagi manevrlarda ishtirok etadi. Ular doirasida «Tinch okeanining muhim dengiz hududlariga» qo‘shma dengiz patruli yuboriladi.

Bundan tashqari, XXR Rossiyaning Okean-2024 strategik mashqlarida ishtirok etadi, deyiladi bayonotda. Ularning aniq sanasi ma’lum emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!