Isroil suriyaliklarni ham o‘ldirmoqda

Isroil suriyaliklarni ham  o‘ldirmoqda

Suriyaning markaziy qismida Isroil hujumi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi.

Davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Isroil raketalari Suriyaning markazida kamida 16 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Suriyaning rasmiy axborot agentligi SANA ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanbaga o‘tar kechasi hujum Xama viloyatining Masyaf shahri yaqinida yong‘inga sabab bo‘lgan va moddiy zarar yetkazgan. Dushanba kuni tushdan keyin 36 kishi yaralangani, 14 kishining qurbon bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

«Yakshanba kuni kechqurun soat 23:20 atrofida dushman Isroil Livanning shimoli-g‘arbiy qismidan havo hujumini amalga oshirib, markaziy mintaqadagi [Suriyaning] bir qator harbiy ob’ektlarini nishonga oldi», — dedi SANA axborot agentligiga harbiy manba.

«Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz agressiya raketalariga qarshi turdi va ularning bir qismini urib tushirdi», - deya qo‘shimcha qildi manba.

Isroil armiyasi odatda Suriyadagi qirg‘inlari haqida izoh bermaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!