Saida Mirziyoyeva Qatarda ta’limni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan uyushtirilgan davra suhbatida qatnashdi

Saida Mirziyoyeva Qatarda ta’limni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan uyushtirilgan davra suhbatida qatnashdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatarda ta’limni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan uyushtirilgan davra suhbatida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva taklif uchun Qatar davlati ta’lim, fan va ijtimoiy taraqqiyot fondi (Qatar Foundation) raisi shayxa Muza bint Nosir al-Misnadga minnatdorlik bildirgan.

“O‘zbekiston ta’lim sifatiga, ayniqsa, qizlar va ayollarning bilim egallashiga katta e’tibor qaratmoqda. Bu borada yurtimiz sarhadlari bilan cheklanib qolayotganimiz yo‘q.

2018 yili prezidentimiz tashabbusi bilan Termiz shahrida kasb-hunar ta’limi markazi ochildi, hozirga qadar bu yerda 700 nafarga yaqin Afg‘oniston fuqarosi tahsil oldi, ulardan 200 nafari – xotin-qizlar.

Afg‘onistonlik ayollar uchun bu juda muhim – mamlakatda ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida malakali tibbiy kadrlar yetishmovchiligi kuzatiladi.

Biz gumanitar inqirozning oldini olish yo‘lida afg‘onistonlik qizlar va ayollarni zaruriy kasblarga o‘qitish ishlarini davom ettirishga tayyormiz. Qatar hukumati va Education Above All jamg‘armasi bo‘lsa, bu borada bizga yordam berishga shay.

Mavjud vaziyatni inobatga olsak, bu vazifani uddalash barcha tomonlar uchun oson bo‘lmaydi. Lekin biz bu yo‘lda bor kuch-quvvatimizni ishga solishga tayyormiz.

Xotin-qizlar uchun eng yaxshi himoya — ta’lim olish imkoniyatidan emin-erkin foydalanishdir”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!