Baydenning harbiy maslahatchisi O‘zbekiston QK bosh shtabi boshlig‘i bilan uchrashdi

Baydenning harbiy maslahatchisi O‘zbekiston QK bosh shtabi boshlig‘i bilan uchrashdi

AQSh Qurolli kuchlari birlashgan shtab boshliqlari raisi general Charlz Braun 9 sentyabr kuni Pentagonda O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general mayor Shuhrat Xolmuhammedov bilan uchrashdi.

Ikki harbiy yetakchi xavfsizlikning bir qator masalalarini, jumladan, ISHID kabi terroristik tahdidlarga qarshi kurashni yanada muvofiqlashtirish va mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilgan.

General Braun 2023 yilda AQSh Markaziy qo‘mondonligining Markaziy Osiyo mudofaa rahbarlari konferensiyasiga mezbonlik qilgani uchun Xolmuhammedovga minnatdorlik bildirgan. U O‘zbekistonning AQSh bilan strategik sheriklikni rivojlantirish istagini olqishlagan.

AQSh Markaziy Osiyoda barqarorlik va mintaqadagi har bir davlati suverenitetini ta’minlashda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga sodiqligini bildirgan.

General Charlz Braun Birlashgan shtab boshliqlarining 21-raisi, AQShning eng yuqori martabali harbiy ofiseri, prezident, mudofaa kotibi va Milliy xavfsizlik kengashining asosiy harbiy maslahatchisi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!