Kremlning Sholsning «tinchlik rejasi»ga munosabati qanday bo‘ldi?

Kremlning Sholsning «tinchlik rejasi»ga munosabati qanday bo‘ldi?

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi «harbiy mojaroni» tinch yo‘l bilan hal qilish uchun hech qanday shart-sharoitlar mavjud emasligini ma’lum qildi.

“Biz Yevropa davlatlaridan turli bayonotlarni eshityapmiz, ammo biz bu borada, aslida, ushbu jarayonni olib boradigan, butun jamoaviy G‘arbni boshqaradigan mamlakatdan kelgan bayonotlarni ko‘rmayapmiz",— deya Peskovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Peskov Germaniya kansleri Olaf Sholsning «qanday qilib imkon qadar tezroq bu harbiy vaziyatdan chiqish va tinchlikka erishishni muhokama qilish uchun to‘g‘ri payt kelgani» haqidagi so‘zlariga izoh berish so‘roviga shunday javob berdi. Shols Ukraina bo‘yicha ikkinchi tinchlik konferensiyasi Rossiya ishtirokida o‘tishi kerak, deb hisoblaydi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham xuddi shunday fikrda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!