Futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchilari va tomoshabinlari transportlardan tekin foydalanadi

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchilari va tomoshabinlari transportlardan tekin foydalanadi

Joriy yilning 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladi.

Chempionat ishtirokchilari va muxlislar uchun munosib transport xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xususan, Jahon chempionatida akkreditasiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar farqlovchi belgilar yoki akkreditasiya kartasi va chiptalarni ko‘rsatgan holda shahar jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin.

Joriy yilning 10 sentyabr kunidan 10 oktyabr kuniga qadar,

709/710 - sonli “Toshkent – Buxoro”;

729/730, 731/732, 733/734 - sonli “Toshkent – Andijon Toshkent”;

125/126 - sonli “Andijon – Buxoro Xiva Andijon”;

127/128 - sonli “Andijon – Buxoro Qo‘ng‘irot Andijon”;

129/130 - sonli “Andijon – Termiz - Andijon” yo‘nalishlarida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha 4 tadan yo‘lovchi vagonlari ulangan holda harakatlanishi tashkillashtiriladi;

Bugungi kunda Andijon xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi, aviaqatnovlar Farg‘ona xalqaro aeroportiga amalga oshirilayotgani munosabati bilan chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun “Farg‘ona – Andijon Farg‘ona” yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda;

Toshkent Markaziy, Toshkent-Janubiy, Andijon hamda Buxoro temir yo‘l vokzallarida chempionat ishtirokchilariga chiptalarni tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida maxsus chiptaxonalar faoliyati tashkil etilishi va 10 sentyabrdan chiptaxonalar o‘z faoliyatini boshlashi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!