Ukraina Niderlandiya qurollaridan Rossiya hududiga zarba berish uchun foydalanishi mumkin

Ukraina Niderlandiya qurollaridan Rossiya hududiga zarba berish uchun foydalanishi mumkin

Ukraina Niderlandiya qurollaridan Rossiya hududiga zarba berish uchun foydalanishi mumkin. Bu Niderlandiya Mudofaa vazirligi rahbari xabar berdi.

Niderlandiya Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berish uchun Ukrainaga harbiy yordam doirasida yetkazib berilgan qurollardan foydalanishini ma’qulladi. Niderlandiya Mudofaa vazirligi rahbari Ruben Brekelmans intervyuda "Ukrainaga bizning qurollarimizdan mudofaa maqsadlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq Rossiya hududida foydalanishga ruxsat berilgan", — deya ma’lum qildi.

U boshqa G‘arb davlatlarini ham xuddi shunday yo‘l tutishga chaqirdi. "Agar o‘zini himoya qilish huquqiga ega bo‘lgan Ukraina chegara hududlari yoki Rossiya aerodromlaridan hujumga uchrasa, u harbiy nishonlarga hujum qilishi mumkin — bu dushman raketalari uchun ham amal qiladi", — deya ta’kidladi Brekelmans.

Uning ma’lum qilishicha, ruxsat F-16 qiruvchi samolyotlariga ham tegishli. Oldinroq Niderlandiya qurolli kuchlari qo‘mondoni Onno Eyxelxaym ham Kiyevda urush qonunlariga ko‘ra, F-16'dan foydalanish va parvoz masofasi bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘qligini aytgan edi. Niderlandiya Ukrainaga 24 ta F-16 qiruvchi samolyotini topshirishga va’da bergan, biroq ularning qanchasi mamlakatda joylashtirilgani noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!