Vetnamda ko‘prik qulashi oqibatida o‘ndan ortiq odam bedarak yo‘qolgan

Vetnamda ko‘prik qulashi oqibatida o‘ndan ortiq odam bedarak yo‘qolgan

Vetnamdagi Qizil daryo ustidagi ko‘prik 9 sentyabr kuni tushdan keyin «Yagi» super to‘foni tufayli qulab tushdi. O‘shanda uning ustida bir nechta avtomobil va mototsikllar bo‘lgan va ular suvga tushib ketgan.

«Ko‘prikdagi odamlarning aniq soni aniqlanmagan. Hozirda 13 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi», — deyiladi matnda.
Qayd etilishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qulash vaqtida ko‘prikda o‘nga yaqin avtomobil va ikkita mototsikl bo‘lgan. Shuningdek, to‘rt kishi suvdan qutqarib olingani, ularni mahalliy baliqchilar qirg‘oqqa olib chiqqani ma’lum. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, biroq ularga «Yagi» super to‘foni va daryo oqimining yuqori tezligidan keyin daryo suvining ko‘tarilishi to‘sqinlik qilmoqda.

Hozirda ko‘prik muhrlangan va transport harakati to‘sib qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!