O‘zbekiston va Rossiya Bosh vazirlari raisligida majlis bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Rossiya Bosh vazirlari raisligida majlis bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federasiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin raisligida o‘tgan yig‘ilishda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda o‘zaro hamkorlik munosabatlarining bugungi holati, istiqbollari muhokama etildi.

Majlisda ikki Davlat rahbarlarining uzoqni ko‘zlagan siyosiy irodasi tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilib borayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommyunike qabul qilindi hamda bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanadi.

Shu kunining o‘zida Rossiya Federasiyasi hukumati delegasiyasi Toshkent shahridagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi va Texnoparkda bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar bilan tanishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!