Vetnamga «Yagi» to‘foni kelib, 24 kishi halok bo‘ldi, 299 kishi jarohatlandi

Vetnamga «Yagi» to‘foni kelib, 24 kishi halok bo‘ldi, 299 kishi jarohatlandi

«Yagi» to‘foni Vetnamning shimoli-sharqiy qirg‘oqlariga kelib, kamida 24 kishi halok bo‘ldi, 299 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Reuters.

Joriy yilda Osiyoda eng kuchli deb topilgan dovul yer ko‘chkilari va suv toshqinlariga olib keldi, bu esa Quangnin va Xayfon provinsiyalarida elektr va aloqa uzilishlariga sabab bo‘ldi.

Meteorologlar so‘nggi 24 soat ichida mintaqada 208 dan 433 millimetrgacha yomg‘ir yog‘ganligi sababli, yana suv toshqinlari va ko‘chkilarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan tahdid davom etishi haqida ogohlantirdi.

Rasmiylar Lang Son, Kao Ban, Yen-Bay va Tai-Nguyen provinsiyalaridagi vaziyatni kuzatishga e’tibor qaratmoqda, chunki bu hududlarda suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfi yuqori.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!