Latviya Tashqi ishlar vazirligi rossiyalik diplomatni chaqirtirdi

Latviya Tashqi ishlar vazirligi rossiyalik diplomatni chaqirtirdi

Latviya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatda topilgan uchuvchisiz uchish apparati yuzasidan rossiyalik diplomatni chaqirtirdi.

"Rossiya Federasiyasining Muvaqqat ishlar vakili Dmitriy Kasatkin Latviya sharqida Rossiyaning Shahed droni qulashi munosabati bilan qat’iy norozilik bildirdi", deb xabar berdi Latviya TIV.

Rossiyalik diplomatdan portlovchi moddalar o‘rnatilgan Rossiya droni mamlakat havo hududini buzgan hodisa bo‘yicha to‘liq tushuntirish so‘ralgan.

"Kasatkin Rossiya Tashqi ishlar vazirligini mavjud vaziyat haqida xabardor qilishga va’da berdi", deyiladi xabarda. Latviya Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, mamlakat rasmiylari voqea holatlari bo‘yicha chuqur tergovni davom ettirayotganini ma’lum qildi. Latviya diplomatik kanallar orqali o‘z ittifoqchilari, NATO va Yevropa Ittifoqi rahbariyatini, shuningdek, boshqa mamlakatlar tashqi ishlar vazirliklaridagi hamkasblarini voqeadan xabardor qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!