“TOEFL IBT” sertifikati olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

“TOEFL IBT” sertifikati olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.K. va A.A. o‘zaro til biriktirib, fuqaro U.YU.ning ishonchiga kirib, uning turmush o‘rtog‘i SH.YU.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan “TOEFL IBT” sertifikatini olib berishi evaziga 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!