TIVda bo‘sh qolgan birinchi o‘rinbosar lavozimi to‘ldirildi

TIVda bo‘sh qolgan birinchi o‘rinbosar lavozimi to‘ldirildi

Bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmatiga asosan Qalampir.uz xabar berdi.
 
Abdulaziz Komilovning tayinlangan birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov bugun vazirlik xodimlariga tanishtirilgan. U bu lavozimda O‘zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi elchisi etib tayinlangan Botirjon Asadov o‘rnida ish boshladi.
 
Ilhomjon Ne’matov 1952 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, 1973 yili Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
 
U 1992-93 yillarda konsullik boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. Keyingi yillarda u Germaniyadagi elchixonada, Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasida, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida ishlagan, 1997-1999 yillarda Hindistondagi elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U 1999 yildan 2008 yilgacha ham Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2008-2010 yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi, 2010-2013 yillarda esa O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida ishlagan, 2013-2014 yillarda TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi, 2014-2016 yillarda GM Uzbekistan bosh direktori maslahatchisi bo‘lgan, 2016 yilning 14 sentyabrida yana TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi lavozimiga qaytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!