Tibbiy niqoblardan qachon butunlay voz kechish mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Tibbiy niqoblardan qachon butunlay voz kechish mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg tibbiy niqoblardan qachon butunlay voz kechish mumkinligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina ommaviy qo‘llanilganidan keyin taxminan bir oy o‘tgach, tibbiy niqoblarga hojat qolmaydi.

“Har qanday begona antigenga qarshi antitanachalar darajasi, emlash jarayonidan so‘ng 21-28 kun ichida maksimal holatga keladi. Shunga asoslanib emlanish jarayonidan 1oy o‘tgach, tibbiy niqoblardan butunlay voz kechish mumkin bo‘ladi”, demoqda mutaxassis.

Uning ta’kidlashicha, agar odamning antitanachalari uni himoya qilish uchun yetarli bo‘lmasa, unda niqob taqishni davom ettirish yaxshiroqdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!