Tezkor! Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti donorlar yordamiga muhtoj

Tezkor! Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti donorlar yordamiga muhtoj

Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti donorlar yordamiga muhtoj. Karantin paytida donorlar soni keskin kamaydi va og‘ir bemorlarga donorlik qoni kerak.

Ayni paytda bemorlarga shifokorlarning o‘zlari qon topshirishyapti, biroq bu yetarli emas. Institut Respublika qon quyish markazi yaqinida (Shota Rustaveli ko‘chasi, 138-uy, mo‘ljal - Birodarlik qabristoni" yodgorlik majmuasi) istiqomat qiluvchi toshkentliklardan yordam so‘ramoqda.

✔️ Qonni ertalab, yog‘li ovqatlarsiz, yengil nonushtadan so‘ng topshirish kerak.  Yoningizda pasport bo‘lishi lozim.

☎️Markaz telefon raqamlari:
71 2504792,
71 2501425,
71 2504790.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!