Tez tibbiy yordam sifati oshiriladi

Tez tibbiy yordam sifati oshiriladi

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mahmudjon Parpiyev Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmatini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

Senator, jumladan, bugun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida bo‘ldi. Muassasada tibbiyot sohasini xalqqa yanada yaqinlashtirish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, joylardagi tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati muassasalari faoliyatidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan hududiy dasturni ishlab chiqish jarayoni bilan tanishdi.

Xususan, tez tibbiy yordam brigadalari uchun olis tumanlar orasidagi xizmat qilish hududlari chegaralarini aniq belgilash, poliklinikalarda 24 soatlik navbatchilik postlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!