Tergov xulosasi: Xitoy koronavirusni atayin yashirgan

Tergov xulosasi: Xitoy koronavirusni atayin yashirgan

Xitoyda koronavirus epidemiyasi boshlanganda hukumat nafaqat uning qanday infeksiya ekanligini, balki odamdan odamga yuqishini ham bilishgan. Biroq Pekin ataylab bu faktlarni yashirgan. Bu borada tergov olib borgan Caixin mustaqil media guruhi mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kamida beshta Xitoy laboratoriyasi, hatto XXR Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatda noma’lum virusning tarqalishi haqida xabardor qilgunga qadar "o‘limli" koronavirus mavjudligini tasdiqlagan. Shu bilan birga, dekabr oyida COVID-19 namunalarini o‘rgangan markazlardan biri kasallikning yuqumli ekanligini va tez tarqalishini aniqlagan.

Avvalroq JSST va AQSh ommaviy axborot vositalari bir necha bor Xitoyni koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirishda ayblagan. Bunga javoban, Pekin Xitoyning JSSTga kasallik haqida ma’lumot berganligini va bir nechta hukumat laboratoriyalari shifrdan so‘ng koronavirus genomiga oid ma’lumotlarni yashirishga harakat qilmaganligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!