«Tehron tobora Vashington pozisiyasiga moslashishga moyil bo‘ldi»,- Politico

«Tehron tobora Vashington pozisiyasiga moslashishga moyil bo‘ldi»,- Politico

AQSh Tehron Xamas va Hizbulloh yetakchilarining o‘ldirilishiga javoban yuqori darajadagi tahdidlar qilganidan so‘ng Isroildan qasos olish qaroridan voz kechishi mumkinligiga optimizm bildirdi. Biroq Hizbulloh mustaqil harakat qila boshlashi mumkin degan xavotirlar bor

Tehronda Xamas yetakchisi Ismoil Haniya va Bayrutda Hizbulloh qo‘mondoni Fuad Shukrning o‘limi ortidan Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinligicha qolmoqda.

AQSh ma’muriyati diplomatik kanallar orqali Eronni Isroilga qarshi ommaviy hujumdan voz kechishga ishontirishga harakat qilmoqda. Rasmiylarning Politico nashriga aytishicha, «Tehron tobora Vashington pozisiyasiga moslashishga moyil bo‘ldi».

Amerika rasmiylari Haniyaning o‘ldirilishi keng ko‘lamli hujum emas, maxfiy operasiya natijasi bo‘lganini va suiqasd chog‘ida Eron fuqarolariga zarar yetmaganini ta’kidlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eronni o‘ch olish qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Biroq, hozir e’tibor Livan Hizbullohiga qaratilmoqda, ekspertlar fikricha, Erondan mustaqil ravishda faoliyat yurita oladi. AQSh rasmiylaridan biri va G‘arb razvedkasi amaldorining SNN telekanaliga aytishicha, hozirda Hizbullohning harakatlaridan xavotirlar Eronga nisbatan ko‘proq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!