Rossiya: Yana bir qishloq egallandi

Rossiya: Yana bir qishloq egallandi

Rossiya Ukraina nazoratidagi Pokrovsk yaqinidagi qishloqni egallab olganini ma’lum qildi.

Rossiya chorshanba kuni o‘z kuchlari Ukraina sharqidagi Donetsk viloyatidagi Pokrovsk logistika markazi yaqinidagi yana bir qishloqni egallab olganini yoki Kreml tomonidan qo‘llangan atama bilan aytganda «ozod qilganini» aytdi.

Hozirda qo‘lga olingani aytilayotgan qishloq Karlivka bo‘lib, u Ukraina kuchlari nazorati ostidagi Pokrovskdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan.

«Markaziy guruh qo‘shinlari Karlovka qishlog‘ini to‘liq ozod qildi», — dedi Rossiya Mudofaa vazirligi qishloqning ruscha nomidan foydalangan holda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!