Tayvanda jinsiy jinoyatlarni sodir etgan bog‘cha tarbiyachisi 28 yilga qamaldi

Tayvanda jinsiy jinoyatlarni sodir etgan bog‘cha tarbiyachisi 28 yilga qamaldi

Tayvanda bolalarga nisbatan 200 dan ortiq jinsiy jinoyatlarni sodir etgan tarbiyachi 28 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu orolda jamoatchilikning keskin noroziligini keltirib chiqardi.

Taybey okrug sudi sudyasining ma’lum qilishicha, Mao ismli erkak 7 yoshdan kichik bo‘lgan olti nafar bolaga nisbatan «dahshatli» jinoyatlarni sodir etgan, natijada ular «jiddiy jismoniy va ruhiy jarohat» olgan.

Aholining ta’kidlashicha, Mao sodir etgan jinoyatlar 2022 yilda oshkor bo‘lgan, ammo u lavozimidan ozod etilmagani tufayli jabrlanuvchilarning soni yana ortgan. U 2023 yilning iyulida, yana bir nechta ota-ona shikoyat kiritganidan keyin hibsga olingan.

16 avgust kuni Mao qator jinoyatlar, jumladan, zo‘rlash va bolalarni jinsiy xarakterdagi videoroliklarda suratga tushishga majburlashda aybdor deb topilgan. Boshqa ota-onalarning da’volari bo‘yicha ham tergov davom etmoqda.

Deputat Lin Yue-chinning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat ko‘lami jabrlanuvchi ota-onalar Maoning telefonini ko‘zdan kechirishni talab qilganidan keyin ma’lum bo‘lgan. Mas’ullar uning telefonidan bolalarning 600 dan ortiq videolarini topgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!