Tarixda bugun: “Masjidning yo‘q bo‘lishi Iso Masihning kelishini tezlashtiradi”

Tarixda bugun: “Masjidning yo‘q bo‘lishi Iso Masihning kelishini tezlashtiradi”

1969 yilning 21 avgustida avstraliyalik Maykl Denis Ruxan Masjidi Aqsoga o‘t qo‘ydi. U “masjidning yo‘q bo‘lishi Iso Masihning kelishini tezlashtiradi”, deb ishongan edi.

Yong‘in tufayli masjidning qadimiy minbari – 1187 yilda Quddusning fathi munosabati bilan Salohiddin Ayyubiy Halabdan olib keltirgan yog‘och minbarga zarar yetdi. Shundan so‘ng minbar ancha vaqt davomida asliga mos ravishda tiklandi, buning uchun sarflangan 1,5 million dollarni esa Iordaniya o‘z zimmasiga oldi.

Masjiddagi gilamlarga va qadimiy minbarga yonuvchi moddani to‘kib, o‘t qo‘yib yuborgan Maykl Denis Ruxanning shizofreniya kasalligiga uchragani aytildi va u hech bir jazo olmay Isroildan deportasiya qilindi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!