"Taraqqiyot" tanlovi finali ishtirokchilari rahbarlik lavozimiga tanlovsiz qabul qilinadi

"Taraqqiyot" tanlovi finali ishtirokchilari rahbarlik lavozimiga tanlovsiz qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash bo‘yicha Taraqqiyot respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomtasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, Taraqqiyot respublika tanlovi finali ishtirokchilari fuqarolarning boshqa toifalari uchun nazarda tutilgan kadrlar zaxirasiga tanlov tartibotlaridan o‘tmagan holda davlat tashkilotining kadrlar zaxirasiga kiritilishi lozim va boshqaruv xodimlarining tanlovdagi nominasiya sohalariga mos keladigan bo‘sh turgan, qoida tariqasida, rahbarlik lavozimiga tanlovsiz qabul qilinish (tayinlanish) huquqiga ega.

Taraqqiyot respublika tanlovi o‘tkazilishini tashkil etuvchi Respublika komissiyasi tomonidan taraqqiyot-tanlov.uz maxsus veb-saytida tanlov natijalari joylashtirilgan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt mobaynidatanlov finali ishtirokchilari davlat tashkilotining kadrlar zaxirasida turishi mumkin emas.

Tanlov finalining ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida ikkitadan ortiq bo‘lmagan davlat tashkilotining, shu jumladan, o‘zi ishlayotgan tashkilotning kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.

Tanlov finalining ishtirokchilari davlat tashkilotiga ishga joylashtirilsa, ularga ishga qabul qilingan kunidan boshlab dastlabki 10 oy mobaynidategishli davlat tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 10 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

Kadrlar zaxirasi tuziladigan davlat tashkilotining lavozimlari ro‘yxati har yili tashkilot kadrlar xizmati tomonidan 1 dekabrdan kechikmay quyidagi lavozimlar bo‘yicha alohida aniqlanadi:

  • davlat tashkiloti rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari);
  • davlat tashkiloti tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari (rahbarlar o‘rinbosarlari);
  • hududiy bo‘linmalar rahbarlari (rahbarlar o‘rinbosarlari);
  • davlat tashkiloti markaziy apparatining bosh boshqarmalari, boshqarmalari bo‘limlari, sho‘’balari boshliqlari (boshliqlarning o‘rinbosarlari) va bosh mutaxassislari.
  • Manba: darakchi.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!