Tanishining nomiga kredit rasmiylashtirib, firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Tanishining nomiga kredit rasmiylashtirib, firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga tushdi

2019 yil 16 may kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahar prokuraturasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil noyabr oyida Parpashabof ko‘chasida yashovchi F.F. ismli ayol tanishi, Qo‘qon shahar Konstitusiya ko‘chasida yashovchi N.M. ismli ayolning nomiga kredit savdo do‘konidan maishiy texnika vositalarini olib, qarindoshlariga sotish orqali tushgan daromaddan unga ham ma’lum miqdorda berib yurganligi va shu kunga qadar jami 74 000 AQSh dollari hamda 16 000 000 so‘mlik texnika buyumlarini kreditga olib, mablag‘larni to‘lamay kelayotganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!