Suvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi

Suvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi

Ayni kunlarda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida suvga sakrash bo‘yicha “1st Malaysia Open Diving Championships 2023” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida 3 metrli tramplindan sakrash dasturida hamyurtlarimiz Vyacheslav Kachanov va Igor Myalinlar eng yuqori ballni jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. Ikkinchi o‘rin Indoneziya vakillariga nasib etgan bo‘lsa, mezbonlar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!