Surxondaryoda o‘qituvchilarning 300 million so‘mdan ortiq pullari talon-toroj qilindi

Surxondaryoda o‘qituvchilarning 300 million so‘mdan ortiq pullari talon-toroj qilindi

Surxondaryoning Sariosiyo tumanida o‘qituvchilarning 355,3 million so‘mlik mablag‘larini o‘zlashtirgan hisobchiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tuman Xalq ta’limi bo‘limi hisobchisi X.K. tumandagi 27-sonli maktabda muqaddam ishlab ketgan fuqaro M.Q., N.T., O.E. va haqiqatan ishlamagan SH.Q.ning nomiga bank plastik kartasini rasmiylashtirib, 2016—2020 yillar davomida jami 355,3 million so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan X.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi  3-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!