Surxondaryoda universitetga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Surxondaryoda universitetga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bugun yurtimiz oliy ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, ko‘plab yangiliklar, soddalashtirilgan tartiblar va albatta abituriyentlar bilimini baholashning adolatli, shaffof mexanizmlari joriy etilmoqda. Ayniqsa bu yildan boshlab abituriyentlar bir vaqtning o‘zida 3 ta oliy ta’lim muassasasiga imtihon topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Zero bu say’-harakatlarning barchasi yoshlarimizni oliy ma’lumot olishga yanada kengroq qamrab olishga qaratilgan. Ming afsuski, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini qo‘shtirnoq ichidagi “mavsumiy biznesga” aylantirib olgan kimsalar ham yo‘q emas.

Xususan, DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent Davlat agrar universitetining Termiz filiali mas’ul xodimi “J.E.” Denov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning jiyanini o‘zi faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, evaziga undan 1.900 AQSh dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!