Surxondaryoda qarzini talab qilgan fuqaroni o‘ziga qabr kovlash va 50 mln so‘m berishga majbur qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Surxondaryoda qarzini talab qilgan fuqaroni o‘ziga qabr kovlash va 50 mln so‘m berishga majbur qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jarqo‘rg‘on tumani, «Uzumzor» mahallasida yashovchi E.A. 2014 yilda tuman neftbazasi sobiq rahbari M.ga 15 million so‘m bergan, biroq u hozirgi kunga qadar pullarini qaytarmagandi. Bu haqda «Daryo»ga Surxondaryo viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

U M.dan bir necha marotaba pullarini qaytarib berishini so‘rab borganidan so‘ng 2018 yilning 2 sentyabr kuni Jarqo‘rg‘on tumani, «Obod» mahallasida yashovchi T.N. qo‘ng‘iroq qilib, «Uzumzor» mahallasida yashovchi A.H.ning yashash uyiga borishligini aytadi.

E.A. aytilgan manzilga borganida T.N. va A.H. uni mahalla hududidan uzoqroqda joylashgan adirlikka olib borib, E.A.ni o‘ziga qabr qazishga majbur etadi. Qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, pulini so‘rashi tufayli M.ni obro‘sizlantirganligi sababli uni o‘ldirib, shu yerga ko‘mib ketishlarini, agarda joni kerak bo‘lsa, Cobalt avtomashinasini sotib, 50 million so‘m berishligini, shundagina uni tinch qo‘yishlarini aytib, shart qo‘yishadi.

E.A. chorasiz qolgani tufayli T.N. va A.X.larning shartiga rozi bo‘ladi. Shundan keyin u Denov tumanida joylashgan avtomashina bozoriga borib, mashinasini sotib, talab qilingan puldan 37 million so‘mini va disk hamda shinalarini beradi.

E.A. joriy yil 17 oktyabr kuni IIB boshlig‘i nomiga yozgan arizada N.T. yana 12 million so‘m pul berishligini, aks holda oila a’zolari bilan birgalikda o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilayotganligini bildirilgan.

E.A.ning arizasiga asosan 18-oktarb kuni Surxondaryo viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, E.A.dan talab qilingan puldan 6 million so‘mini T.N. qarindoshi, Jarqo‘rg‘on tumani, «Obodguzar» mahallasida yashovchi S.A. bilan kelishgan holda olib, S.A. o‘zining tanishi, tumanning «Yangiariq» mahallasida yashovchi B.M.ga ushbu puldan 1 bir million so‘mini berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan qo‘shimcha surishtiruv ishlari davomida E.A.ni shantaj qilish va undan 50 million so‘m olish rejasini jinoiy guruh tashkilotchisi, Jarqo‘rg‘on tumani «Uzumzor» mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan N.I. tuzganligi, jinoiyyo‘l bilan olingan pullarni guruh a’zolari N.I., A. H. hamda T.N. o‘zaro kelishuviga asosan taqsimlab olganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!