Superliga. Toshkent derbisida "Bunyodkor" "Lokomotiv"ni taslim qildi

Superliga. Toshkent derbisida "Bunyodkor" "Lokomotiv"ni taslim qildi

Superliga 8-turining so‘nggi o‘yinida «Bunyodkor» o‘z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qildi. Toshkentdagi «Bunyodkor» stadioni mezbonlik qilgan bahsda tomonlar mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab Sanjar Tursunov 34-daqiqada jarima zarbasidan chiroyli gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mezbonlar bu gollarga 59-daqiqada Mahmud Muhammadjonov va 73-daqiqada Usmonali Ismonaliyev tomonidan kiritilgan gollar bilan javob berdi. «Temiryo‘lchilar» 90-daqiqada Dilshod Komilovning aniq zarbasi evaziga hisobni tenglashtirishgandi, 90+8-daqiqada Mirjahon Mirahmadov penaltidan unumli foydalanib, «qaldirg‘ochlar»ga 3 ochko keltirdi.

«Bunyodkor» bu g‘alaba orqali 6 ochko bilan 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Lokomotiv» 8 ochko bilan 10-pog‘onada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!