Sport vaziri Surxondaryoga bordi

Sport vaziri Surxondaryoga bordi

Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov xizmat safari bilan Surxandaryo viloyatiga bordi. Xizmat saafari kun tartibidan Termiz, Angor, Sherobod, Muzrabod tumanlaridagi sport obektlari bilan tanishish, sportchi-o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirish va sohadagi ustuvor vazifalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish o‘rin olgan.

Xizmat safarining ilk manzili Angor tumanidagi sport maktabi bo‘lib, u yerda maktab faoliyati, sportchi-o‘quvchilarning joriy holati va maktab infratuzilmasi bilan tanishildi. Shuningdek sport maktabi mutasaddilari va sportchilar bilan muloqot o‘tkazildi.

O‘rganish ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!