Somonxonada yuz bergan yong‘in 7 yoshli qizaloqning o‘limiga sabab bo‘ldi

Somonxonada yuz bergan yong‘in 7 yoshli qizaloqning o‘limiga sabab bo‘ldi

8 avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida kelib chiqqan yong‘in halokat bilan tugadi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shu kuni tumanda yashovchi E.H.ning uyi hovlisida joylashgan somonxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 18.30da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida somonxonaning 24 kv. metr maydoni yonib zarar ko‘rgan.

Yong‘in o‘chirish vaqtida N.A.ning birga yashagan nabirasining kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!