Sobiq polisiyachi o‘nlab ayollarni o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mgani aniqlandi

Sobiq polisiyachi o‘nlab ayollarni o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mgani aniqlandi

Salvadorda sobiq polisiyachi o‘nlab ayollarni o‘ldirgan va ularning jasadlarini o‘z hovlisiga ko‘mgan. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi "lenta.ru".

51 yoshli Ugo Ernesto Osorio Chaves may oyida ayol va uning qizini o‘ldirishda ayblanib hibsga olingan edi. Ilgari, erkak jinsiy jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilingandi. Osorio Chavesning uyida olib borilgan tintuvlar davomida rasmiylar ayollarning jasadlari ko‘milgan yettita chuqurni topdilar. Bugungi kunga kelib, 24 ayolning jasadi olib chiqilgan va qotilning qurbonlari soni 40 kishiga yetishi mumkinligi xabar qilinmoqda.

Prokuratura yana to‘qqiz gumonlanuvchini hibsga olishga order berdi, jumladan sobiq polisiya va armiya zobitlari. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular qotilning sheriklari bo‘lishi mumkin va unga qurbonlarini jalb qilishda yordam berishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!