Sirdaryo tumanida Hyundai avtomobillari ishlab chiqariladi

A A A
Sirdaryo tumanida Hyundai avtomobillari ishlab chiqariladi

"Asaka Motors International" kompaniyasi va "Hyundai Motor Sompany" Sirdaryo tumanidagi avtomobil zavodida Hyundai brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston avtomobil bozorida o‘sib borayotgan raqobat sharoitida bozor talabini aniqlash maqsadida tomonlar loyihani ikki bosqichda amalga oshirishga kelishib oldilar.

Birinchi bosqich doirasida Elantra, Tusson, Sonata, Santa Fe, Palisade va Staria modellarini yirik blokli ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Loyihani amalga oshirish jadvaliga muvofiq, ushbu bosqichning boshlanishi 2024 yil may oyiga rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tomonlar 2024 yil oxiriga qadar kavsharlash, bo‘yash va yig‘ish texnologik jarayonlari bo‘yicha ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan rejalashtirish ishlarini yakunlashga kelishib oldilar.

Ushbu bosqich doirasida, shuningdek, avtokomponentlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish, jumladan, viloyat hududida butlovchi detallar ishlab chiqarish bo‘yicha klaster qurish ko‘zda tutilgan. Ushbu klasterning zavod yaqinida joylashishi o‘z navbatida kompaniyaga butlovchi detallar logistikasi bilan bog‘liq xarajatlar va vaqtni qisqartirish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!