Sionist qotillari bir kunda 40 dan ortiq falastinlikni o‘ldirdi

Sionist qotillari bir kunda 40 dan ortiq falastinlikni o‘ldirdi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 267 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar al-Mavasi, Shujayya hududi va Rafahdagi qochqinlar lageri hamda chodirlariga hujum qilishda davom etyapti. Sionist qotillari bir kunda 40 dan ortiq falastinlikni o‘ldirdi.

▪️Nablusdagi G‘arbiy Sohilda qarshilik kuchlari bosqinchilar bilan shiddatli jang qilyapti. Halilda nasistlar Shuveyka oilasining dafn marosimi qatnashchilariga shovqinli granatalar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan hujum qilishdi.

▪️Al-Qassam jangchilari Shujayya hududida bosqinchilarga qo‘shib, minalangan binoni portlatib yubordi.

▪️Husiylar va Iroq qarshilik kuchlari O‘rta Yer dengizida neft tashuvchi WALER tankeri va Qizil dengizda Amerikaning Delonix kemasiga hujum qildi.

▪️Hizbulloh Shlomi aholi punktidagi harbiylar qarorgohiga hujum qildi.

▪️Ispaniya Janubiy Afrikaning Xalqaro Suddagi da’vosiga qo‘shilishini aytdi.

▪️BMT: Isroilning hujumi oqibatida Shujayyani 60 mingdan 80 ming nafargacha aholi tark etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!