Shveysariya Rossiyaning 318 million dollarlik aktivlarini blokdan chiqardi

Shveysariya Rossiyaning 318 million dollarlik aktivlarini blokdan chiqardi

Shveysariya hukumati 2023 yilda Yevropa Ittifoqining (EI) ayrim shaxslarga nisbatan sanksiyalari bekor qilinganidan so‘ng, shuningdek, ayrim mablag‘larning kelib chiqishiga oydinlik kiritib, Rossiya bilan bog‘liq bo‘lgan 290 million Shveytsariya franki (taxminan 318 million AQSh dollari) qiymatidagi aktivlarni blokdan chiqardi.

Bu haqda Shveysariya iqtisodiyot bo‘yicha davlat kotibiyati ma’lumotida aytiladi, deb yozadi «Report» TASS agentligiga tayanib.

«Avval ehtiyot choralari bilan muzlatib qo‘yilgan 140 million shveysariya franki (taxminan 153 million dollar) qiymatidagi aktivlar tergov natijasida ularni muzlatish uchun qonuniy asoslar taqdim etilmagani uchun blokdan chiqarildi», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, blokirovka qilingan Rossiya aktivlarining umumiy miqdori 150 million Shveysariya frankiga (taxminan 165 million AQSh dollari) kamaytirildi, chunki konfederasiya tomonidan nishonga olingan bir qator shaxslar Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!