Shimoliy Koreya Rossiyaga nima bergan?

Shimoliy Koreya Rossiyaga nima bergan?

Rossiya Shimoliy Koreyadan 6700 ga yaqin konteynerda snaryadlar olgan bolishi mumkin, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.

Bu miqdordagi konteynerlar taxminan 3 millionta 152 mm kalibrli snaryadlarni tashish uchun yetarli. O‘q-dorilar 2023 yil sentyabridan Rossiyaga yuborilgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Shimoliy Koreya «boshqariladigan» snaryadlarga ega 240 millimetrli yangi raketa tizimini ishlab chiqqani, u joriy yilning boshida Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Rossiyaga topshirilishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!