Sherobodda Matiz olib berishni va’da qilgan firibgar ayol qidirilmoqda

Sherobodda Matiz olib berishni va’da qilgan firibgar ayol qidirilmoqda

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi O.N. ismli ayol katta summadagi firibgarlikka duch kelgani yuzasidan IIBga murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga asoslanib, "Daryo" xabar berdi.

Shikoyatchiga ko‘ra, singlisi Halima Norboyeva tanishi Feruza Qodirova degan ayol bilan uning uyiga keladi. F.Qodirova unga Matiz rusumli avtomashina olib berishini va’da qilib, 34 million so‘mni olib ketadi. Biroq bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Hozirda F.Qodirovani ushlash choralari ko‘rilgan. U haqda ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar idoralariga xabar berish yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!