Shavkat Mirziyoyevni Pekinga qanday kutib olishdi? (foto)

Shavkat Mirziyoyevni Pekinga qanday kutib olishdi? (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Pekinga keldi.

Shoudu xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Xitoy rasmiy shaxslari kutib oldi.

Bir makon, bir yo‘l xalqaro forumi birinchi marta 2017 yilda o‘tkazilgan, unda ham davlatimiz rahbari qatnashgan edi. Bu galgi sammitda 40 dan ziyod mamlakat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjuman kun tartibidan mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, yashil iqtisodiyot va innovasiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 25 aprel kuni boshlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpin, qator davlatlar va xalqaro institutlar, shuningdek, Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!