Shavkat Mirziyoyev resurslarni tejash muhimligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev resurslarni tejash muhimligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev neft-gaz xomashyosini qazib olish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda prezident tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va resurslarni tejash zarurligiga e’tibor qaratdi.

"Tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq ishga tushirib, yo‘qotishlarni bartaraf etish choralari belgilandi. Resurslarni hozirdan tejash, muqobil energiyadan foydalanishni rag‘batlantirish muhimligi ta’kidlandi", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, prezident xalqaro konsultantlarni jalb qilib, strategik yondashuvlarni belgilab olish, neft-gaz sohasida hisob-kitob mexanizmlari shaffofligini ta’minlash vazifalarini qo‘ydi.

Korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, operasion samaradorlikni oshirish orqali xarajatlarni qisqartirish, boshqaruv tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!